Rustam Xolmatov yana Toshkent viloyati hokimi bo‘ldi
Jamiyat
−
13 yanvar 2020
14188Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga asosan, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Rustam Xolmatov 1961 yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 1995 yildan 2003 yilgacha Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, keyinroq Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari hokimi bo‘lib ishlagan. 2008 yildan 2013 yilgacha esa Toshkent viloyati hokimi bo‘lib ishlagan.
2017 yildan 2018 yilgacha Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan. 2018 yildan 2019 yilga qadar Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Rustam Xolmatov 2019 yildan boshlab, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi