Jizzaxda chaylasida miltiq va o‘q-dori saqlagan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlarida patronlar, o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Paxtakor tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor qidiruv xizmat xodimlarining tezkor tadbirida tumanning “G‘alaba” mahallasida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi bilan sudlangan 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro tekshirilgan. Mazkur jarayonda uning o‘zi bilan olib yurgan erkaklar sumkasi ichida turli kalibrdagi patronlar mavjudligi aniqlangan. Sumkadan to‘rt dona patron topilgan. Aniqlanishicha, ularning bir qismi zavodda ishlab chiqarilgan bo‘lib, barcha ashyoviy dalillar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tadbir davomida Jizzax shahrining “Xayrobod” mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning ham noqonuniy qurol-aslaha saqlayotgani fosh etilgan. Aniqlanishicha, u “Sharilloq” mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli dala shiyponida bir dona o‘qotar qurol, bir dona jangovar patron, porox, drob hamda bo‘sh gilzalarni saqlab kelgan. Topilgan ashyolar ham xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib, protsessual tartibda olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 459 ta noqonuniy qurol bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing