Jahonning eng yaxshi klublari reytingida o‘zbek jamoalari quyi pog‘onani band etdi

Sport

image

Qarshining “Nasaf” klubi O‘zbekiston klublari ichida Jahonning eng yaxshi klublari reytingida yuqori pog‘onada qayd etildi. Bu haqda futbol tarixi va statistikasi Xalqaro federatsiyasi (IFFHS) o‘z reytingida ma’lum qildi.

Reytingda “Nasaf” 88 ochko bilan 201-o‘rinni egalladi. Bu borada “Navbahor” 83 ochko to‘plab, 221-, “Paxtakor” esa 51 ochko bilan 496-pog‘onada qayd etildi. 

Reytingni Ispaniyaning “Real Madrid” klubi boshqarib bormoqda. Madrid klubi hisobida 371 ochko mavjud. Keyingi o‘rinlarni “Manchester Siti” va “Bayer” klublari egalladi. Kuchli beshlikka “Atalanta” va “Borussiya” yakun yasab berdi.

Saudiyaning ikki grand klubi “Al-Hilol” va “Al-Nasr” top-100'ga kirishni uddaladi. “Al-Hilol” reytingda 40-, “Al-Nasr” esa 71-o‘rinda qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Nasaf Navbahor Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made