Zelenskiy Saudiya Arabistoniga bordi (video)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH diplomatlari bilan bugun, 11 mart kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralar oldidan Saudiya Arabistoniga yetib bordi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham ayni damda Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi, ammo u Ukraina Prezidenti bilan uchrashmaydi. Zelenskiy jamoasi esa 28 fevral kuni Vashingtonga amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz tashrif ortidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga harakat qiladi. Shuningdek, bugun bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Ukraina delegatsiyasi AQSHni harbiy yordamni qayta tiklashga ko‘ndirishga urinadi.

“Ukraina delegatsiyasi Jidda shahrida qolib, 11 mart kuni AQSH jamoasi bilan muzokaralar olib boradi va amaliy natijalarga erishishga umid qilamiz. Ukraina bu muzokaralarda konstruktiv pozitsiyada bo‘ladi. Valiahd shahzoda bilan urushni tugatish va barqaror tinchlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qadamlar va shartlar bo‘yicha batafsil muhokama o‘tkazdik. Men ayniqsa, mahbuslarni ozod qilish va bolalarimizni qaytarish masalasiga urg‘u berdim – bu diplomatik sa’y-harakatlarga ishonch shakllantirishning muhim bosqichi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, xavfsizlik kafolatlari formatlariga katta e’tibor qaratildi” deb yozdi Zelenskiy o‘zining X sahifasida. https://x.com/ZelenskyyUa/status/1899237896055615605

Shuningdek, Rubio Jidda shahriga safari chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyusida agar Ukraina va AQSH Donald Tramp uchun maqbul bo‘lgan kelishuvga erishsa, bu tinchlik muzokaralarini jadallashtirishi mumkinligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik rasmiy Saudiya Arabistonida AQSH rasmiylari bilan muzokaralar chog‘ida Kiyev Rossiyaga havo va dengizda o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilishini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, rasmiy AQSH Kiyev bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvini to‘xtatishda davom etsa, Rossiya jang maydonida “katta ustunlik” qo‘lga kiritishi mumkinligidan xavotir bildirgan.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saudiya Arabistoni Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing