Yelizaveta II Londonda terrorchini to‘xtatgan qotilni afv qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 2019 yilda London ko‘prigida terrorchini to‘xtatgan Stiven Gallantni afv etdi. U qotillikda ayblanib qamalgan va qirolicha sabab 10 yil oldin ozodlikka chiqadi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

2019 noyabrda muqaddam terrorchilik faoliyati uchun sudlangan va muddatidan avval ozod qilingan 28 yoshli Usmon Xon London ko‘prigida pichoq bilan odamlarga hujum qilgandi. Natijada 2 kishi halok bo‘lgan va 3 nafari jarohatlangandi. Terrorchini bir necha yo‘lovchi to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo ular Xonning ustidagi nimcha portlovchi uskuna ekanini bilmagan.

Terrorchini to‘xtatganlardan biri o‘t o‘chiruvni o‘ldirganlikda ayblanib, qamalgan 42 yoshli Stiven Gellent bo‘lgan. U mahbuslar uchun uyushtirilgan tadbirda qatnashish maqsadida qamoqdan chiqishga ruxsat olgan.

Yelizaveta II Hukumat tavsiyasi bilan afv etish huquqidan foydalangan. Britaniya Adliya vazirligi bunday qaror Gellentning “favqulodda mardonavor harakati” uchun qabul qilinganini ochiqladi.

Shu bilan birga o‘ldirilgan o‘t o‘chiruvchining oilasi ham bu qarorni ma’qullagan. 

Endi Stiven Gellent 2021 yil iyun oyida shartli ravishda ozod qilish uchun ariza topshirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing