Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Yaponiyadagi o‘rmon yong‘inlari sabab 3 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi (video)

Olam

image

Yaponiyaning Ivate prefekturasi Ofunato shahridagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 80 dan ortiq uy zarar ko‘rdi. Bu haqda Yaponiyaning “Kyodo” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ofunato shahridagi yong‘in uch kundan beri davom etmoqda va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning maydoni 1,2 ming gektarni tashkil etgan. Bir kun oldin yong‘inda halok bo‘lgan odamning jasadi topilgan. Tabiiy ofat oqibatida qurbon bo‘lganlarning aniq soni haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Shahar hokimiyati 3300 ga yaqin odamni evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq bergan. Ofunatoda maktab va bog‘chalar yopilgan, yuzlab uylar elektr ta’minotisiz qolgan. Temiryo‘lning bir qismida poyezdlar harakati to‘xtatilgan.

Tabiiy ofat sabab Yaponiya Bosh vaziri devonida muvofiqlashtiruvchi shtab tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi markaziy hukumat “zaruriy yordam ko‘rsatish uchun mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini” aytgan. O‘t o‘chirish boshqarmasi va mudofaa kuchlari yong‘inni yerdan va havodan o‘chirishga harakat qilmoqda.

“Ushbu yong‘in so‘nggi kunlarda ushbu hududdagi uchinchi yong‘indir. 19 fevral kuni Ofunatoda yana bir yong‘in sodir bo‘ldi, u 26 fevralgacha o‘chirilmadi. 25 fevral kuni qo‘shni Rikudzentakata shahrida yana bir o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi va ertasi kuni o‘chirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni Los-Anjelesda ko‘plab o‘rmon yong‘inlari boshlangandi. Yong‘inlar tufayli shtatda katta tabiiy ofat e’lon qilingandi. 12,3 mingdan ortiq binolar vayron bo‘lgandi. Okrugdagi yirik o‘rmon yong‘inlari kamida 25 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya o'rmon yong'ini Ofunato

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing