“Vahshiyona bema’nilik”. Ariana Oq uyga o‘z musiqasidan foydalanishni taqiqladi
Madaniyat-san’at
−
12 iyun 6176 1 daqiqa
Qo‘shiqchi va aktrisa Ariana Grande Oq uyga Prezident Donald Trampning migratsiya siyosatini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z qo‘shiqlaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda CBS xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqea Oq uy TikTok’da o‘zining migratsiya siyosatini yorituvchi videoni joylashtirganidan keyin yuz bergan. Videokadrlarda federal agentlar odamlarni hibsga olayotgani va ularga kishan taqayotgani aks etgan bo‘lib, orqa fonda qo‘shiqchining “Bye” nomli taronasi yangrab turgan.
“Iltimos, hech qachon mening musiqamdan bunday vahshiyona, g‘ayriinsoniy va jirkanch bema’nilik bilan bog‘liq holda foydalanmang”, deb yozgan Grande video izohiga.
Grandening ushbu bayonotiga javoban Oq uy matbuot kotibi Ebigeyl Jekson shunday munosabat bildirdi.
“Haqiqiy vahshiyona, g‘ayriinsoniy va jirkanch narsa – bu begunoh Amerika fuqarolariga zarar yetkazgan va ularni o‘ldirgan jinoyatchi noqonuniy immigrantlarning xatti-harakatlaridir”, deydi u.
Grandega yaqin bo‘lgan manbaning xabar berishicha, uning jamoasi musiqani videodan imkon qadar tezroq olib tashlash yo‘llarini o‘rganmoqda.
Live
Barchasi