O‘zbekistonda 11 mingdan ortiq erkak o‘zidan katta ayolga uylandi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda 2025 yil davomida 11 mingdan ortiq nikohda kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan 11 040 ta nikohda ayolning yoshi erkaknikidan yuqori bo‘lgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p bunday nikohlar Toshkent shahrida qayd etilgan  – 1 809 ta. Keyingi o‘rinlarni Xorazm viloyati – 1 066 ta, Qashqadaryo viloyati – 995 ta va Buxoro viloyati – 979 ta egallagan. 

Shuningdek, Samarqand viloyatida 967 ta, Toshkent viloyatida 928 ta, Surxondaryo viloyatida 850 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 772 ta, Farg‘ona viloyatida 715 ta, Namangan viloyatida 509 ta va Andijon viloyatida 486 ta shunday nikoh qayd etilgan.

Eng kam ko‘rsatkichlar Jizzax viloyatida – 373 ta, Navoiy viloyatida – 351 ta hamda Sirdaryo viloyatida – 240 tani tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki olti oyida 24 815 ta oila ajrashgan edi. Eng ko‘p nikohdan ajralish Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lsa, eng kam ko‘rsatkich Navoiy viloyatida kuzatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yil davomida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (FHDYO) 267 131 ta nikoh qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing