O‘zbekiston milliy terma jamoasi Suriya bilan o‘ynaydi
Sport
−
10:58 780 1 daqiqa
Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlarida doirasida Suriya jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha ushbu uchrashuv joriy yilning 1 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida yana ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Kannavaro shogirdlari joriy yilning 24 sentyabr kuni Eronga qarshi maydonga tushsa, 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya bilan bahs olib boradi.
Italiyalik mutaxassis joriy yilning sentyabr-oktyabr oyidagi xalqaro tanaffus uchun rasmiy qaydnomamni e’lon qilingani yo‘q.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlari doirasida Xitoyda Argentina terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kerak edi. Biroq Messining terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi sabab tashkilotchilar bu turnirni bekor qilishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va Portugaliyaning “Braga” klubi futbolchilari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov faoliyatida ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoaga chaqiruv olgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi