O‘zbekiston aholisi 1 asrda 30 millionga ko‘paydi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston aholisining 100 yillik demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar bir asr davomida 30 millionga ko‘paygan. Bu haqda, Prezident huzuridagi Statistika agentligi ma’lumot taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni 36 024 946 kishini tashkil etadi.

Yillar kesimida mamlakatning doimiy aholisi soni esa quyidagicha:

  • 1920 yil – 4,4 mln. kishi;
  • 1930 yil – 4,9 mln. kishi;
  • 1940 yil – 6,6 mln. kishi;
  • 1950 yil – 6,2 mln. kishi;
  • 1960 yil – 8,4 mln. kishi;
  • 1970 yil – 11,8 mln. kishi;
  • 1980 yil – 15,8 mln. kishi;
  • 1990 yil – 20,2 mln. kishi;
  • 2000 yil – 24,5 mln. kishi;
  • 2010 yil – 28 mln. kishi;
  • 2020 yil – 33,9 mln. kishini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2035 yilga borib O‘zbekiston aholisi 45 mln. kishidan oshishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing