UFC chempioni avtohalokatga uchradi

Sport

image

UFC’ning o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni, amerikalik Shon Striklend avtohalokatga uchradi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Bolalar, men juda og‘ir vaziyatga tushib qoldim. Do‘stimga mashina haydashga ruxsat berdim va biz soatiga 60 mil (taxminan 80 km/soat) tezlikda ag‘darilib ketdik. Boshimni urib oldim, dubulg‘a kiymagan edim. Ahmoq ekanman”,  deydi Striklend.

Jangchi, shuningdek, hodisa oqibatida yengil miya chayqalishini olganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Shon Striklend professional aralash yakkakurashda 31 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyatdan iborat rekordga ega. 2026 yil may oyida u Hamzat Chimayevni mag‘lub etib, UFC o‘rta vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing