Trampdan Ukrainaga harbiy yordamning to‘xtatilishini tushuntirish talab qilindi

Olam

image

AQSH Kongressida Prezident Donald Trampdan Ukrainaga harbiy yordamning to‘xtatilishi bo‘yicha zudlik bilan tushuntirish berish talab qilindi. Bu masalada Respublikachi kongressmen Brayan Fitspatrik AQSH Prezidenti nomiga rasmiy xat yubordi va buni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.  

“Men Oq uy va Mudofaa departamentidan shoshilinch brifing o‘tkazishni rasman so‘radim. Bu orqali mavjud xabarlar aniqlashtiriladi, AQSHning hozirgi qurol va o‘q-dorilar zaxirasi tahlil qilinadi hamda mamlakatimiz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini saqlab qolayotgani tasdiqlanadi”, deb yozdi u.

Fitspatrik Ukrainaga qurol yetkazib berishning vaqtincha to‘xtatilishidan jiddiy xavotir bildirgan. Unga ko‘ra, bu qaror urush boshlanganidan beri Rossiyaning eng yirik havo hujumlari fonida qabul qilingan. 

“Ukraina harbiylari nafaqat o‘z yurtini himoya qilmoqda, balki ozodlikni oldingi chiziqda ushlab turibdi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Ukrainaga muhim qurollar yetkazilishini vaqtincha to‘xtatgani xabar qilingandi. Bu qaror Pentagon siyosiy boshqarmasi rahbari Elbridj Kolbi tomonidan qabul qilingan. Omborlar tekshiruvi natijasida artilleriya snaryadlari, zenit raketalari va yuqori aniqlikli qurollar zaxiralarining xavotirli darajada kamaygani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina Kongress harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing