Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Tramp AQSH Grenlandiyani anneksiya qilishini aytdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning ishonchi komilki, AQSH Grenlandiyani anneksiya qiladi. Bu haqda kecha, 13 mart kuni Oq uyda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Menimcha, shunday bo‘ladi. Bizga bu (Grenlandiya) xalqaro xavfsizlik uchun kerak”, dedi u orolning anneksiya qilinishi mumkinligi haqidagi savolga javoban.

U, shuningdek, Ryutte Grenlandiyaning AQSHga qo‘shilishida “muhim rol” o‘ynashiga ishonch bildirdi.

O‘z navbatida, Mark Ryutte “NATOni bu masala bo‘yicha muhokamalarga tortmoqchi emasligini” aytdi, lekin Rossiya va Xitoyning ushbu mintaqaga qiziqishi ortib borayotganligi sababli Arktika xavfsizligi uchun Grenlandiya muhimligini tan oldi.

Grenlandiyani o‘z ichiga olgan Daniya parlamentining mudofaa qo‘mitasi raisi Rasmus Jarlov o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi  sahifasida AQSHning orolga da’volari “ikki NATO davlati o‘rtasida urushga” olib kelishi mumkinligini yozdi va Mark Ryuttening Tramp bilan uchrashuvdagi xatti-harakatlarini ham tanqid qildi.

“Grenlandiya Daniyadan darhol mustaqillikka qarshi ovoz berdi va hech qachon amerikalik bo‘lishni xohlamaydi”, deya qo‘shimcha qildi Yarlov.

Ma’lumot uchun, Grenlandiyaning Daniyadan mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazish tarafdori bo‘lgan muxolifatdagi “Demokraatit” ("Demokratlar") partiyasi 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan oroldagi parlament saylovlarida deyarli 30 foiz ovoz olib, birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinda Grenlandiyaning imkon qadar tezroq mustaqillikka erishish tarafdori bo‘lgan muxolifatdagi “Naleraq” ("Vexa") partiyasi joy oldi.

Hukmron so‘l-yashil partiya “Inuit Ataqatigiit”  (Xalq hamjamiyati) va uning koalitsiyadagi hamkorlari “Siumut” (Oldinga) mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi. Ular, shuningdek, orolni Daniyadan ajratish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq uning vaqtini hali belgilagani yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing