Tojikiston poytaxtida Markaziy Osiyoning eng baland binosi quriladi (video)
Olam
−
12:23 1349 2 daqiqa
poytaxti Dushanbe shahrida 77 qavatli, balandligi 340 metr bo‘lgan “Dushanbe” minorasi va 52 ta ob’ektdan iborat yirik me’moriy majmua qurilishi boshlandi. Bu haqda “AsiaPlus” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va Dushanbe meri Rustam Emomali joriy yilning 3 sentyabr kuni poytaxtning Shohmansur tumanida majmua qurilishiga Tojikiston tamal toshini qo‘ydi.
“Dushanbe” minorasi majmuaning markaziy ob’ekti bo‘lib, qurilishi yakunlangach, u mintaqadagi eng baland inshootga aylanadi. Majmua jami 52 ta ob’ektni, jumladan 5 ta baland qavatli minora va mintaqadagi eng yirik savdo-ko‘ngilochar markazini o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha doirasida mehmonxona, kafe va restoranlar, savdo maydonlari, ofislar, 1000 o‘rinli konsert zali, kinoteatr, bolalar maydoni, sport majmuasi, park va ko‘l barpo etiladi.
Shuningdek, 6160 ta xonadonga mo‘ljallangan 42 ta turar joy binosi, 1200 o‘quvchiga mo‘ljallangan umumta’lim muassasasi va 500 o‘rinli bolalar bog‘chasi quriladi.
Majmua egallaydigan hudud 29 gektarni tashkil etadi. Qurilish ishlari yakunlangach, bu yerda umumiy maydoni 270 ming kvadrat metr bo‘lgan zamonaviy turar joy va ishbilarmonlik klasteri tashkil etiladi. Loyiha natijasida 4300 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Qurilish ishlarini “TAS international Group” kompaniyasi amalga oshiradi. Loyihani besh yilda yakunlash rejalashtirilgan. Qurilishda 2000 dan ortiq mahalliy quruvchi ishtirok etadi.
Ishlab chiquvchilarga ko‘ra, majmua raqamli boshqaruv texnologiyalaridan foydalangan holda tijoriy, sayyohlik, turar joy va ijtimoiy ob’ektlarni birlashtirgan zamonaviy shaharsozlik namunasi bo‘lishi kerak.
Emomali Rahmon loyiha bilan tanishish chog‘ida mas’ullarga qurilish ishlarini yuqori sifatda amalga oshirish hamda jahon talablariga mos zamonaviy me’moriy yechimlardan foydalanish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq, majmua loyihasini tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan Cool Design Studio kompaniyasi qurilishda Tojikiston kompaniyalaridan tashqari O‘zbekiston, Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarining ixtisoslashgan kompaniyalari ham ishtirok etishini ma’lum qilgan.
Majmua A. Donish, N. Muhammad, A. Dehlaviy, A. Lohutiy, A. Adhamov, F. Attor va S. Shedrin ko‘chalari oralig‘ida joylashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro tumanida 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi