Toshkentdan Andijon va Termizga tezyurar poyezd yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Jamiyat

image

Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 10 iyun kuni Koreya Respublikasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Qodirov Sharofiddin, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Anvar Dushayev hamda Hyundai Rotem kompaniyasi prezidenti Lee Yong Bae o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikning joriy holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilgan.

Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun ishlab chiqarilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdni yetkazib berish loyihasining belgilangan muddatda amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumot almashilgan.

Shuningdek, “Toshkent – Andijon” va “Toshkent – Termiz” yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini tashkil etish maqsadida 8 ta zamonaviy yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdni yetkazib berish loyihasi yuzasidan texnik shartlarni yakuniy kelishish bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama etilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish hamda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chexiyaning Škoda Group kompaniyasi O‘zbekistonga 10 ta zamonaviy elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha strategik kelishuvni imzolagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing