Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH bo‘ldi
3-sahifa
−
24 fevral 2025 3883 1 daqiqa
Toshkent shahrida kecha, 23 fevral kuni 4 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23 fevral kuni soat 01:30 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida yuz bergan. O‘sha kuni Malibu-2, Cobalt, BYD va Onix avtomashinalari o‘zaro to‘qnashib, YTH sodir etgan.
Hodisa oqibatida Malibu-2 haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr