Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Toshkentda hokimlik ta’mirlamagan yo‘llarni bog‘cha opalar yamadi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 17 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumani Qambarniso ko‘chasida joylashgan “Lollipop” maktabgacha ta’lim muassasasida ishlaydigan tarbiyachilar yo‘ldagi chuqurlarni yamayotgani aks etgan video tarqaldi. 

QALAMPIR.UZ muxbiri holatni o‘rganish uchun voqea joyiga bordi. Bog‘cha xodimasining tahririyat jurnalistiga ma’lum qilishicha, ayollarning hech biri majburiy mehnatga jalb qilinmagan.

Bog‘cha xodimasi bizga ancha vaqtdan beri mutasaddilar tarafidan yo‘l ta’mirlanmagani sabali atrofdagi o‘ydim-chuqurlarni yamashga o‘z xohishlari bilan yeng shimarganini aytdi. 

“Har kuni o‘zimiz shu yo‘ldan yuramiz. Hammayoq o‘nqir-cho‘nqir. Yamaga tushgan mashina sakrab ketadi. Shunga g‘ashimiz kelib, o‘zimiz yamashga qaror qildik. Shu ko‘chadan o‘tadiganlar bu yo‘llarning qanchalik o‘nqir-cho‘nqirligini yaxshi bilishadi. Bu ishga hech kim majbur qilgani yo‘q, aksincha o‘z xohishimiz bilan yeng shimardik”, deydi bog‘cha opa. 

Holatni o‘rganish davomida yo‘ldan o‘tkan bir nechta xaydovchilar to‘xtab, bog‘cha opalarga yordam berganini ko‘rdik. 

Videolar ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan qariyb ikki soat o‘tib esa, Olmazor tumanidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari kelib, muassasa direktoridan ishchilarni olib kirib ketishini, ularga yuqoridan gap tekkanini aytgan. Dastlab holat yuzasidan munosabat berishga rozi bo‘lgan manbagacha va maktab ta’limi bo‘limi mulozimi bir qancha odamlar bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng, negadir fikridan qaytib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bog'cha opalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing