Toshkent viloyatida o‘quvchi qizlar sovuqda yupun holda mehmon kutib olishga majburlandi
Jamiyat
−
15 fevral 2022
12460Ijtimoiy tarmoqlarda maktablardan birida tashkil etilgan tadbirda havo sovuq bo‘lishiga qaramay o‘quvchi qizlarning yupun holda mehmonlarni kutib olgani aks etgan surat tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 14 fevral kuni viloyatning Qibray tumanidagi “Yangi yo‘l” MFY hamda “Oltin meros” hayriya jamoat fondi tomonidan tadbirda kuzatilgan.
Aytilishicha, Mahalla fuqarolar yig‘ini tadbirni o‘tkazish uchun tuman xalq ta’limi tasarrufidagi 29-sonli maktabning faollar zalidan foydalangan. Tashkilotchilar o‘quvchi qizlardan mehmonlarni kutib olishda amaliy yordam berishni so‘ragan. Maktab rahbariyati bunga rozilik bildirgan va havo sovuq bo‘lishiga qaramay qizlarni yupun holda mehmonlarni kutib olishga jalb etgan.
XTB xabariga ko‘ra, qizlarni yupun holatda mehmonlarni kutib olishga majbur qilgan maktab rahbariyatiga chora ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Andijonda viloyatning ko‘plab maktablarida o‘qituvchilar yarim kechasigacha qolib, turli xil tadbirlarda qatnashishi talab qilinayotgani, Marhamat tumanidagi 72-IDUM o‘qituvchilari o‘quvchilarning ota-onasidan uzr so‘rashga majburlangani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi