Slovakiyada Fitso hukumatiga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötdi
Olam
−
09:13 334 2 daqiqa
Slovakiyada 25 mingga yaqin kişi Boş vazir Robert Fitso hukumati siyosati va uning Rossiya bilan aloqalariga qarşi namoyişga çiqdi. Bu haqda DW xabar berdi.
Qayd etilişiça, namoyişlar keça, 17 noyabr kuni Çexoslovakiyada 1989 yilda boşlangan Baxmal inqilobining 37 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan. Namoyişçilar qonun ustuvorligi tamoyilining buzilişi, OAV ustidan nazorat kuçaytirilişi hamda LGBT huquqlariga nisbatan siyosatdan norozilik bildirgan.
Eng yirik namoyiş poytaxt Bratislavadagi Slovakiya milliy qözğoloni maydonida bölib ötgan. Muxolifatdagi “Progressiv Slovakiya” partiyasi ma’lumotiga köra, unda qariyb 25 ming kişi qatnaşgan.
Namoyişçilar qöllarida “Ruslar, uyga!”, “Qoçişga majbur böladigan mamlakatda yaşaşni istamayman” kabi yozuvlar aks etgan plakatlarni kötargan. Ayrim iştirokçilar AFP agentligiga bergan intervyusida Slovakiya taşqi işlar vaziri Yuray Blanarning yaqinda Moskvaga qilgan taşrifidan ham noroziligini bildirgan.
Şuningdek, namoyişçilar “Fitso bizga yetar!” deya hayqirib, boş vazir boşçiligidagi uç partiyali hukumatning iste’fosini talab qilgan.
Ma’lumot uçun, Fitso boşçiligidagi hukmron koalitsiya bir qator deputatlarning tarkibdan çiqişi ortidan parlamentdagi mutlaq köpçiligini yöqotgan. Şundan söng muxolifat muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkazişni talab qilmoqda. Biroq hozirça bunday qarorni qabul qiliş uçun yetarli ovozga ega emas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çexiya poytaxti Pragada hukumatning jamoat televideniyesi va radiosini moliyalaştiriş tartibini özgartiriş rejasiga qarşi qariyb 400 ming kişi namoyiş ötkazgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi