Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Seulda tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Bugun, 13 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga yetib bordi. Bu haqda mamlakat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Koreya Respublikasi Harbiy-havo kuchlarining Seuldagi aviabazasida oliy martabali mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan. Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortgan, artilleriya to‘plaridan salyut berilgan.

O‘zbekiston Prezidentini Janubiy Koreya Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib olgan.

Qayd etilishicha, uch kunlik tashrif doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik, Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, davlat rahbari O‘zbekiston – Koreya biznes forumining ochilishida nutq so‘zlaydi. Shuningdek, 16 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etadi.

Bildirilishicha, tashrifning siyosiy va iqtisodiy kun tartibidagi tadbirlar bilan bir vaqtda Koreya poytaxti va boshqa shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari ham o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing