Rossiya eng ko‘p migrant yuboruvchi davlatlarga talab qo‘yyapti 

Olam

image

Moskva mehnat muhojirlari Rossiyaga eng ko‘p yuboriladigan mamlakatlarda tashkiliy tayyorlov markazlarini ochishni talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Davlat dumasi yalpi majlisi chog‘ida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.  

“Hozir biz mehnat muhojirlarining asosiy qismini ta’minlovchi davlatlardan bunday markazlar ochishini so‘rayapmiz, bular ham Qirg‘iziston, ham Tojikiston, ham O‘zbekiston”, degan u. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bunday markazlar migrantlarni rus tiliga va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligini bilishga o‘rgatishi mumkin. Lavrovning ta’kidlashicha, muhojirlar bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat, xususan, ular bilan bog‘liq voqealar haqida gap ketganda, jamiyatda emotsional reaksiya paydo bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, hozirda bu muammoga Ichki ishlar vazirligi tomonidan juda jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 

“Bu jarayonlar bugun jamiyatda noaniq reaksiyaga sabab bo‘layotgani aniq, biz qo‘shni Respublikalardan kelgan mehnat muhojirlari bilan bog‘liq turli hodisalar hissiy jihatdan qanday qabul qilinayotganini ko‘rib turibmiz”, deya qo‘shimcha qilgan u. 

Shu bilan birga, Rossiya TIV rahbariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migratsiyasi masalasini BAA yoki Qatarda ishlayotgan mehnat muhojirlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi, chunki MDHdan kelganlar avvallari bitta davlat fuqarolari bo‘lgan. 

Avvalroq, o‘zbekistonliklarga Rossiyada 15 kun ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish huquqi berilishi mumkinligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

943

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing