Ronaldu yana Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun Ginnesning rekordlar kitobidan yana bir sahifa ochildi. Bu haqda “Guinnessworldrecords.com” xabar berdi.

Hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yil 1 maydan 2023 yil 1 maygacha bo‘lgan davrda portugaliyalik futbolchi daromadining umumiy miqdori (ish haqi, mukofot pullari, bonuslar, homiylardan olingan daromadlar hamda tijorat loyihalarida ishtirok etish va boshqa mablag‘lar) 136 million dollarni tashkil etgan. 

Shunday qilib, Ronaldu 2017 yildan beri birinchi marta Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. U 2023 yilda eng yuqori yillik daromad ega bo‘lgan sportchilar orasida 1-o‘rinni band etdi.

Bu borada 2022 yilda 130 million dollar ishlab topgan argentinalik Lionel Messi 2-pog‘onaga tushdi.

Ronaldu maydondagi harakatlari uchun 46 million dollar, futbol o‘yinlaridan tashqarida esa 90 million dollar ishlab topgan.

Hujumchi “Al-Nasr” safida 2022 yilning dekabridan buyon to‘p surib kelmoqda. Ronaldu o‘tgan mavsum chempionat va kubokda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi. U Yevro-2024 saralashi, “J” guruhining 3-tur bahslarida Portugaliya safida Islandiyaga qarshi maydonga tushdi va 90-daqiqada jamoasi uchun g‘alaba golini kiritdi. Ronaldu bu bilan terma jamoa safida eng ko‘p, 200 ta o‘yin o‘tkazgan birinchi futbolchiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Ginnes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing