Ronaldu va Jorjinaning to‘yi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi – OAV

Sport

image

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodrigesning to‘y marosimi portugaliyalik yulduz tug‘ilib o‘sgan Madeyra orolida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, juftlikning to‘y marosimi joriy yilning 8 avgust kuniga belgilangan. Marosim uchun orol poytaxti Funshal shahridagi soborni band qilingan. Tantanali ziyofat esa besh yulduzli Savoy Palace mehmonxonasida o‘tkazilishi kutilmoqda.

“Gossip” jurnalining ma’lumotiga ko‘ra, to‘yga sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov hamda irlandiyalik jangchi Konor Makgregor taklif etilgan. Shuningdek, marosim mehmonlari orasida Rio Ferdinand, Vinisius Junior, Kilian Mbappe, Rodrigo, aktyor Vin Dizel, jurnalist Pirs Morgan, qo‘shiqchilar Rianna, Jennifer Lopes, Dreyk, Trevis Skott va bloger ISHowSpeed ham bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yildan buyon birga hayot kechirib kelmoqda. Ular 5 nafar farzandni – Krishtianu Junior, Yeva va Mateo hamda qizi Alana Martina va Bella Esmeraldani tarbiyalab kelmoqda. Juftlik 2025 yil avgustida munosabatlarini rasman fotiha bilan mustahkamlagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing