“Real” va “Barselona” “Bayer” a’zosi uchun kurashmoqchi
Sport
−
10 oktabr 2024 4698 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” va ”Barselona” klublari “Bayer” himoyachisi Jonatan Taga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Kristian Falk X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Real” “Bayer” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladigan himoyachi vakillari bilan muzokara olib borgan. “Barselona” ham vaziyatni kuzatib bormoqda va nemis himoyachisiga taklif bilan chiqishga tayyor. Ta 2025 yilning yanvarida kelajagi haqida qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Jonatan Ta 2015 yilning yozida “Gamburg”dan “Bayer”ga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda futbolchi nemis klubi safida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr