Rasman: benzin narxi oshirilmaydi, balki arzonlashishi kutilmoqda
Jamiyat
−
30 Aprel 2023 16338 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda 1 maydan “UNG petro” korxonasiga karashli yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 benziniga chegirmalar yakunlanishi, benzin narxi oshishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Energetika vazirligi tashkilot ichida tarqalgan ushbu xabarni rad etib, AI-92 markali avtobenzinining narxi oshmasligini ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 2023 yil 1 maydan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 markali avtobenzinining narxi oshirilmaydi.
“UNG petro” MCHJ mas’ul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan va bu holat bo‘yicha ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ko‘rilayotgan choralar natijasida AI-92 markali avtobenzin narxi may oyi ichida 7500 so‘mdan ham arzonlashishi kutilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr