Rasman: “Barselona” futbolchisi faoliyatini Saudiya klubida davom ettiradi 

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frank Kessiye faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Barselona” va “Al-Ahli” 26 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan va saudiyaliklar Kessiye uchun 15 million yevro to‘lab beradi. Kessiye allaqachon klub bilan 2026 yil yozigacha davom etadigan shartnoma shartlarini kelishib olgan. 

Qayd etilishicha, hozirda “Al-Ahli” transfer hujjatlarini tayyorlamoqda va barchasi hal bo‘lgach, tomonlar maxsus shartomaga imzo chekadi. 

Ma’lumot uchun, Kessiye bir yil oldin “Milan”dan “Barselona”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U Kataloniyaliklar bilan birga Ispaniya chempionligi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Kot-d'Ivuarlik futbolchi “Barsa”da  43 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Al-Ahli Frank Kessie

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made