Prezident Kozim Komilov nomzodini boshqa lavozimga ko‘rsatdi
Jamiyat
−
10 avgust 2022
17246O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z taqdimnomasi bilan Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kozimjon Fozilovich Komilov nomzodini taklif etdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari joriy yil 24 avgust kuni tugayotgan 6 nafar sudyasining o‘rniga nomzodlar yuzasidan Oliy Majlis Senatiga taqdimnomalar kiritdi.
Prezident ko‘rsatgan nomzodlar:
• Janagul Ismaylovna Balkibayeva;
• Askarjon Boyisovich Gafurov;
• Karomatjon Xudaybergenovna Davletova;
• Raxat Aminbayevich Ismaylov;
• Abdumannob Kuziyevich Raximov;
• Akmal Ergashevich Raxmanov.
Ular Senat tomonidan saylangan taqdirda, o‘z vakolatlariga 24 avgust kunidan boshlab kirishadilar.
Shuningdek, davlat rahbari o‘z taqdimnomasi bilan Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Jahongirovich Islomov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga ko‘rib chiqish uchun Senatga kiritdi.
Avvalroq Oliy sudi raisi lavozimini egallab kelgan Kozimjon Fozilovich Komilov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Prezident maslahatchisi tayinlanishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi