Og‘ir atletika: Layloxon Polvonnazarova Osiyo chempionatida 3ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport

−

image

Joriy yilning 17 iyulidan boshlab Toshkent shahri og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.

Osiyo chempionatining uchinchi kunida, yoshlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasining “B” guruhidan bahslarda qatnashgan Layloxon Polvonnazarova siltab ko‘tarish mashqida 70 kg toshni bo‘ysundirib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Layloxon dast ko‘tarish mashqida 91 kg og‘irlikni zabt etib, 3-o‘rinni hamda ikkikurash natijasiga ko‘ra umumiy 161 kg natija bilan katta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Diyorbek Ro‘zmetov  bugun, 19 iyul kuni soat 18:30 da -61 kg vaznda Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

Ma’lumot uchun, og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati joriy yilning 25 iyuliga qadar davom etadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing