Navbahor Hamidova JCH finaliga chiqqan ilk o‘zbek bokschisi bo‘ldi
Sport
−
15 mart
4102Boks bo‘yicha Serbiyada davom etayotgan Jahon chempionati doirasida bugun, 15 mart kuni yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Bosqich yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi qiz Navbahor Hamidova finalga yo‘l oldi.
-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hamidova final yo‘llanmasi uchun Rossiya vakilasi Albina Moldajanovaga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, finalchiga aylandi.
Qayd etish joiz, Navbahor Hamidova o‘zbekistonlik ayol bokschilar tarixida Jahon chempionati finaliga chiqqan ilk sportchi bo‘ldi.
Yarim finalda yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqdi. -48 kg vazn toifasida Farzona Fozilova rossiyalik Yuliya Chumagalakovaga imkoniyatni boy berdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. -50 kg vazn toifasida yarim finalgacha yetib kelgan Sabina Boboqulova final uchun xitoylik Xu Meiyiga qarshi jang qilib, mag‘lub bo‘ldi va bronza medali bilan cheklandi. -52 kg vazn toifasida qatnashgan Feruza Kazakova esa yarim finalda KXDR vakilasi Pang Chol Miga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Jahon chempionatini bronza medali bilan yakunladi.
Ma’lumot o‘rnida, final janglari ertaga, 16 mart kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

