Muzeydagi tun: HAVAL yangi H7 taqdimotigacha vaqt o‘tishni teskari hisoblashni boshladi
Biznes
−
01 iyul 7782 2 daqiqa
Yangi avtomobil voqeasi yo‘lda, ko‘rgazma zalida yoki klassik taqdimotda paydo bo‘lmagan. 10 nafar mashhur bloger va HAVAL elchilari muzeyda tunab qolishdi, u yerda quyosh botgandan so‘ng, odatiy hudud kutilmaganda tarixning bir qismiga aylandi. Chiroqlar o‘chdi, zallarda qadam tovushlari eshitildi, ko‘rgazmalar orasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi ishoralar paydo bo‘la boshladi, yo‘nalish esa ishtirokchilarni tobora uzoqroqqa – so‘nggi lahzagacha sir bo‘lib qolgan joyga yetakladi.

Bu avtomobil tadbiridan ko‘ra, ko‘proq tergov tekshiruviga o‘xshardi. Hech qanday odatiy formatlar, uzoq nutqlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonotlar bo‘lmadi. Faqatgina atmosfera, taranglik his-tuyg‘usi, izlar, yorug‘lik, soyalar va yaqin atrofda kuchli, aqlli va odatiy marshrutdan tashqariga chiqishga tayyor bo‘lgan yangi narsa mavjudligini his qilish.

10 nafar ishtirokchi tungi izlanish yo‘lini bosib o‘tdi va jumboqning yechimiga birinchi bo‘lib yaqinlashdi. Har bir yangi qadam xususiyatlarni emas, balki xarakterni kashf etardi:
- yo‘l murakkablashgan joyda ishonch;
- sezdirmasdan ishlaydigan texnologiyalar;
- startdan avval seziladigan kuch.

Final bosqichi barchasini o‘z o‘rniga qo‘ydi: yorug‘lik nurlarida yangi avtomobil namoyon bo‘ldi.
Uning kuchi – yuqori o‘tuvchanlikda.
Uning idroki – zamonaviy texnologiyalarda.
Uning his-tuyg‘ulari – haydovchiga intellektual ko‘mak tizimlarida.
Uning nomi esa yangi HAVAL H7.
Shunday qilib, HAVAL model tarixini rasmiy bayonotdan emas, balki oxirigacha anglab yetish istagini uyg‘otadigan sirli ishoradan boshladi.
.png)
Taymerni kuzatib boring, yeslatma qo‘ying va birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling - yangi yo‘ltanlamas yenergiya O‘zbekiston yo‘llariga chiqishga tayyorlanmoqda.
Koll markaz: +998712878888
Veb-sayt | Telegram-kanal | Instagram | Facebook | YouTube
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi