Murodov kuchli “diyeta”ga o‘tiradi

Sport

−

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov bo‘lajak jangi oldidan yakuniy mashg‘ulotini olib bordi. Murodov joriy yilning 22 oktyabr kuni UFC 280 oqshomida braziliyalik Kayo Borraloga qarshi oktagonga chiqadi. 

-90 kgda jang olib boradigan Mahmud Murodov endilikda bor e’tiborini vazn tashlashga qaratadi. Jangchi UFC tomonidan belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelishi uchun 6 kg vazn yo‘qotishi kerak.  

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Kayo Borralo professional faoliyati davomida shu vaqtga qadar 9 ta jangda g‘alaba qozongan va atigi bir martga mag‘lubiyatga uchragan. Murodov esa umumiy 25 ta g‘alabaga erishib, 6 marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, UFC 280 oqshomi BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkillashtiriladi. Kechaning markaziy jangida rossiyalik jangchi Islom Maxachev braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

164

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing