“Manchester Yunayted” APL ilk turida debyutantga yengildi

Sport

image

Bugun, 22 avgust kuni “Hall Siti” jamoasi Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvida o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv Kingston-apon-Xall shahridagi “MKM Stedium”da bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar safida Semi Ajayi 17-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Nobel Mendi 38-daqiqada ikkinchi golni kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Hall Siti” o‘tgan mavsumda Angliya chempionatining ikkinchi divizioni – Chempionship pley-off finalida “Midlsbro”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, 2017 yildan beri birinchi marta APLga qaytgan edi.

“Manchester Yunayted” esa o‘tgan mavsumni 71 ochko bilan uchinchi o‘rinda yakunlagan. “Arsenal” 85 ochko bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

“Hall Siti” keyingi uchrashuvini joriy yilning 29 avgust kuni safarda “Koventri Siti”ga qarshi o‘tkazadi. “Manchester Yunayted” esa 30 avgust kuni o‘z maydonida “Ipsvich Taun”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing