Azizbek Ikromov asosiy xizmat vazifasiga qaytdi
Jamiyat
−
20 yanvar 2021
12764O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Azizbek Isroilovich Ikramov o‘zining asosiy vazifasiga qaytdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga IIV Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.
O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan Azizbek Isroilovich Ikramovga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklanganligi bekor qilingan.
IIV Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Azizbek Ikramovning birdan ikki vazir o‘rinbosari bo‘lishi bir yil davomida eksperiment sifatida amalga oshirilgan. Endilikda Ikramov o‘zining asosiy xizmat vazifasi – Ichki ishlar vazirining o‘rinbosarligiga qaytarilgan.
Ma’lumot uchun, u 2020 yil fevralidan beri ushbu lavozim vazifalarini ham bajarib kelayotgan edi.
LiveBarchasi