Lavrov Ukraina bilan muzokaralarda murosaga umid borligini aytdi
Olam
−
16 mart 2022
8567Rossiya tomoni Ukraina bilan muzokaralar yaxshi ketmayotgani, biroq murosaga umid borligini ta’kidlamoqda. Bu haqda bugun, 16 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RBK telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men muzokarachilarimiz bergan bahoga amal qilaman. Ularning ta’kidlashicha, muzokaralar ma’lum sabablarga ko‘ra yaxshi ketayotgani yo‘q, ammo shunga qaramay murosaga umid bor. Ukraina delegatsiyasining ayrim vakillari, Ukraina tomoni, shu jumladan, Prezident Zelenskiy devoni xodimlari ham xuddi shunday baho berishmoqda”, deydi Lavrov.
Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya kelajakda Ukraina tomoni bilan aloqalarga tayyor, ammo qo‘shimcha qiymat nima bo‘lishini tushunishgiz kerak.
Lavrov, Antaliyada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Kulebaning hech qanday yangi fikrni o‘rtaga tashlamaganini aytdi.
TIV rahbari Rossiya Federatsiyasi va Ukraina muzokarachilariga tinch muhitda ishlash imkoniyatini berishga chaqirdi.
“Men muzokarachilarga navbatdagi isteriyani qo‘zg‘atmasdan, bu yerda yanada erkinroq muhitda ishlash imkoniyatini bergan bo‘lardim”, deydi Lavrov Ukraina tomonining muzokaralar borishi haqidagi ayrim bayonotlarini sharhlar ekan.
Lavrovning aytishicha, NATOning Ukraina chaqiriqlariga javobi Zelenskiyning ishtiyoqini sovitgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Antaliya diplomatik forumi doirasida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li guvohligida muzokara o‘tkazdi. Bugun, 16 mart kuni esa Chavusho‘g‘li Lavrov bilan uchrashish uchun Moskvaga keldi. Uning keyingi manzili Kiyev bo‘lishi kutilmoqda.
LiveBarchasi