Xorazmda o‘z joniga qasd qilgan qizlar jinsiy zo‘ravonlikka uchraganmi?
3-sahifa
−
13 iyul 103620 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch shahrida o‘zini ko‘p qavatli uyning tom qismidan tashlab, halok bo‘lgan 2 nafar voyaga yetmagan qiz jinsiy zo‘ravonlikka uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu voqea yuzasidan prokuratura organlari tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki natijalariga ko‘ra, qizlarga nisbatan hech bir jinsiy zo‘ravonlik sodir etilmagan.
Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
“Marhuma voyaga yetmagan qizlarning manfaatiga zid ravishda rasmiy manbaga tayanmagan xabarlar ularning sha’ni va qadr-qimmatiga zarar yetkazayotganini qat’iy ta’kidlagan holda, tergovga qadar tekshiruv yakuniga qadar holat yuzasidan asossiz xabarlar tarqatmaslikka chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi