Xitoylik taniqli siyosatchi vafot etdi
Olam
−
12 avgust 1680 1 daqiqa
Bugun, 12 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Chju Junszi Pekinda xastalik oqibatida 98 yoshida vafot etdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Chju Junszi Pekin vaqti bilan soat 11:06 da vafot etgan. Xastalik tafsilotlari keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, Chju Junszi 1998 yildan 2003 yilgacha XXR Davlat kengashini boshqargan. Bungacha u bosh vazir o‘rinbosari, Xitoy Xalq banki rahbari, Shanxay shahar hokimi va Xitoy Kommunistik partiyasi Shanxay shahar qo‘mitasi kotibi lavozimlarida ishlagan. Uning mamlakat rahbariyatidagi faoliyati davrida Xitoy keng ko‘lamli soliq, moliya va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirgan.
Xususan, Chju Junszi Xitoy siyosiy iyerarxiyasida eng nufuzli va qudratli 2-3 ta rahbardan biri bo‘lgan. U mamlakatning butun iqtisodiyoti, moliya tizimi va islohotlarini bevosita boshqargan hamda “Xitoy iqtisodiy mo‘’jizasi” va Xitoyning JSTga (Jahon savdo tashkilotiga) kirishining asosiy me’mori sifatida tarixda qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori, davlat arbobi va III chaqiriq Jogorku Kenesh deputati Qambarali Qong‘antiyev 80 yoshida vafot etgandi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust