Kadastrlar palatasi filiali rahbari pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
08:32 5538 1 daqiqa
Davlat kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Davlat kadastrlari palatasining Farg‘ona viloyati tumanlaridan biridagi filiali rahbari fuqaroning noqonuniy qurilgan savdo do‘koniga nisbatan Kadastr agentligining tuman bo‘limi tomonidan tuzilgan dalolatnomani bekor qildirib, qonuniy chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga joriy yilning iyul oyi boshlarida 600 AQSH dollari olgan.
Biroq, mansabdor shaxs va’dasini bajarmasdan, fuqaroga 500 AQSH dollari qaytarib bergan.
DXX va Bosh Prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushbu noqonuniy holat fosh etilib, kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bildirilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahrining sobiq hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan 11 yilga qamalgandi.
Live
Barchasi