Italiyalik jahon chempioni Shomurodovning futbolkasida startga chiqdi
Sport
−
14:50 1261 1 daqiqa
Suzish bo‘yicha jahon chempioni va Yevropa chempionatlarining ko‘p karra sovrindori Alberto Ratssetti Toshketda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida 200 metrga kompleks suzish musobaqasi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 14-raqamli futbolkasini kiyib, startga chiqdi. Uning bu harakati tribunalardagi o‘zbekistonlik muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Italiyalik sportchi 200 metr masofani 1 daqiqa 52,53 soniyada suzib o‘tib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Ratssettining bu samimiy ishorasi bejiz emas. Eldor Shomurodov Italiya futbolida ham tanilgan futbolchilardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan 31 yoshli hujumchi Italiya chempionatida qariyb besh yil to‘p surgan. U faoliyati davomida “Jenoa“, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” kabi klublarda o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, hozirda Eldor Shomurodov Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir” klubi sharafini himoya qilmoqda.
Live
Barchasi