Italiya rossiyalik paralimpiyachilarga viza berishdan bosh tortmoqchi – OAV
Sport
−
19 fevral 592 1 daqiqa
Italiya tashqi ishlar vaziri va bosh vazir o‘rinbosari Antonio Tayani rossiyalik paralimpiyachilarga va ular bilan hamrohlik qilayotgan shaxslarga viza bermaslikni taklif qildi. Bu haqda “La Repubblica” nashri xabar berdi.
Mazkur masala Vazirlar Kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan. Tayani Italiya sport vaziri Andrea Abodi bilan yopiq uchrashuv o‘tkazgan. Shundan so‘ng Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasining rossiyalik sportchilarga musobaqalarda bayroq va madhiya bilan qatnashishga ruxsat berish qarori tanqid qilingan rasmiy bayonot e’lon qilingan.
Italiya qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobridjida esa har qanday kamsitishdan qochish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil mart oyida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi xalqaro federatsiyalarga Rossiya va Belarus sportchilarini musobaqalardan chetlashtirishni tavsiya qilgan edi. 2023 yil dekabr oyida esa tashkilot rossiyalik sportchilarga 2024 yilgi Parij Olimpiya o‘yinlarida neytral maqomda ishtirok etishga ruxsat berishni tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Sport vaziri Matvey Bedniy mamlakat rasmiylari kelasi oy o‘tadigan Milan–Kortina Paralimpiadasi ochilish marosimi va musobaqalarini boykot qilishini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi