Isroillik bobsleychilarning kvartirasi talon-toroj qilindi
Sport
−
12 fevral 933 1 daqiqa
Olimpiada o‘yinlari oldidan Isroil bobsley jamoasi ijaraga olgan kvartira talon-toroj qilindi. Bu haqda jamoa a’zosi Adam Ede X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Sportchining bildirishicha, o‘g‘irlangan buyumlar orasida pasportlar, sport anjomlari hamda boshqa shaxsiy narsalar bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, talonchilik Chexiya Respublikasida sodir bo‘lgan. Mahalliy politsiya voqea yuzasidan tergov ishlarini boshlagan. Bobsleychilar Olimpiada oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun ushbu kvartirani ijaraga olishgan. Xabarlarga ko‘ra, ushbu voqeadan so‘ng jamoaning ayrim a’zolari hali Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan Italiyaga yetib kelmagan.
Ma’lumot uchun, Isroil bobsley jamoasi Olimpiya o‘yinlarida ilk bor ishtirok etadi. Dastlab sportchilar saralash bosqichida yetarli ochko to‘play olmagandi. Biroq Buyuk Britaniya jamoasi kvotalardan birini rad etganidan so‘ng, isroilliklarga ikki va to‘rt kishilik ekipaj bahslarida qatnashish huquqi berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyada Milan-Kortina–2026 qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida Isroil sportchilari delegatsiyasi tribunalar tomonidan hushtakbozlik bilan qarshi olingandi.
Live
Barchasi