Hokimlar ayrim vakolatlaridan mahrum bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Hokimliklarning litsenziyalash va ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari boshqa davlat organlariga o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

•    Chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish faoliyatini litsenziyalash – Xalq ta’limi vazirligi va viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga;

•    Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash – Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalariga;

•    Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash – Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga;

•    Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishga ruxsat etuvchi maxsus guvohnomalar berish – tuman (shahar) soliq inspeksiyalariga.

Ayrim idoralararo kollegial organlar tugatildi yoki vakolatlari boshqa davlat organiga o‘tkazildi.

Jumladan, 

•    qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tugatildi;
•    xorijiy tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash vakolatlari – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga;
•    O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi ob’ektlarining joylashtirilishini ko‘rib chiqish va kelishish Komissiyasi vakolatlari – Transport vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga;
•    mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning vakolatlari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

640

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing