Emboloning Argentinaga qarshi o‘yinda nohaq chetlatilganligi aytildi

Sport

image

Futbol qoidalarini belgilash uchun mas’ul bo‘lgan Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) 2026 yilgi Jahon chempionatida Shveysariya terma jamoasi hujumchisi Brel Emboloning Argentinaga qarshi uchrashuvda noo‘rin ravishda maydondan chetlatilganini tasdiqladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

IFAB Jahon chempionati davomida VAR tizimidan foydalanish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan maxsus bayonot e’lon qildi. Unda ta’kidlanishicha, Embologa ko‘rsatilgan qizil kartochka o‘yin qoidalariga mos kelmagan va hakamlar tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilgan.

Tashkilot mazkur qaror VAR tizimini qo‘llashdagi xatoning natijasi ekanini qayd etdi hamda bunday vaziyatlarning kelajakda takrorlanmasligi uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining 1/4 final bosqichida Argentina Shveysariyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘yinning 70-daqiqasida uchrashuv bosh hakami Joao Pedro Silva Pineyro simulyatsiya ishlatgani uchun Brel Embologa ikkinchi sariq kartochka berib maydondan chetlatgandi. O‘sha paytda o‘yinda 1:1 hisobidagi durang kuzatilayotgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing