“Ekologik xulosa talab etilmaydi”. Samarqandda nega daraxtlar kesib tashlangani aytildi
Jamiyat
−
29 noyabr 6601 1 daqiqa
Avvalroq, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida kanal qurilishi davomida mingga yaqin daraxt kesib tashlangani xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, tezkor tartibda ishchi guruh tuzilgan va qonunda belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Aniqlanishicha, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Jomboy tumani “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi Oqtepa kanalini betonlashtirish ishlari davomida kanal atrofidagi betonlashtirish ishlariga xalaqit beradigan daraxtlar kesilgan.
“Mirza-pay” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi qirg‘oq mintaqasi ma’lumotiga ko‘ra, daraxtlarni kesishga boshqarma boshlig‘i topshiriq bergan, buning uchun davlat xizmatlariga xat chiqarilgan hamda ushbu xatga asosan daraxtlar kesilgan.
Mazkur holatda Oqtepa kanali hamda uning havza himoya hududi “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli ekani va bu yerdagi daraxtlarni kesish yoki ularga tegishli ishlov berish uchun viloyat ekologiya boshqarmasining xulosasi olinishi zarur.
Yuqoridagi holatda daraxtlarni kesish uchun viloyat ekologiya boshqarmasiga “Mirza-Pay” ITB tomonidan xat berilgani, viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan bu holat uchun ekologik xulosasi talab etilmasligi ma’lum qilingan xat “Mirza-Pay” ITBda mavjudligi ma’lum qilindi.
Live
Barchasi