Dron hujumi sabab Rossiyaga aviareyslar kechiktirildi

Jamiyat

−

image

Rossiyaning bir qator aeroportlari dronlar hujumi ortidan yopilgani sabab qator aviareyslar kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.

Uzbekistan Airways 11 dekabrda qaysi reyslari kechiktirilishini e’lon qildi:

  • Moskva (Vnukovo) Xalqaro aeroportida kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar tufayli, Qarshi—Moskva (Vnukovo) yo‘nalishidagi HY9623-reysi Nijniy Novgorod shahri zaxira aeroportiga yo‘naltirilgan;
  • HY606 Moskva (Vnukovo)–Samarqand va HY606 Moskva (Vnukovo)–Farg‘ona reyslari ham kechiktirildi;
  • Maxachqal’a shahri Xalqaro aeroportida kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli, Toshkent— Maxachqal’a—Toshkent yo‘nalishidagi HY9731/9732 reyslari kechiktirildi;
  • Grozniy shahri Xalqaro aeroportida kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli, Toshkent—Grozniy—Toshkent yo‘nalishidagi HY9701/9702 reyslari kechiktirildi;

Moskva (Domodedovo) Xalqaro aeroportida kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar tufayli, Toshkent—Moskva (Domodedovo)—Toshkent yo‘nalishidagi HY603/604 reyslari kechiktirildi va o‘zgartirilgan jadval asosida bajariladi:

  • HY603 Toshkentdan uchib ketish: 10:00 da, Domodedovoga yetib kelish: 12:20 da;
  • HY604 Domodedovodan uchib ketish: 14:00 da, Toshkentga yetib kelish: 19:50 da.

Samolyotlarning kechikib yetib kelishi sababli aviakompaniyaning 11 dekabrdagi ayrim reyslari o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi:

  • Samarqand–Sankt-Peterburg–Samarqand HY639/640 reyslari;
  • Samarqanddan uchish — 16:00, Sankt-Peterburgga yetib borish — 19:10;Sankt-Peterburgdan uchish — 20:20, Samarqandga yetib borish — 03:10 (12 dekabr).

Farg‘ona–Novosibirsk–Farg‘ona HY9669/9670 reyslari:

  • Farg‘onadan uchish — 16:00, Novosibirskka yetib borish — 16:45;
  • Novosibirskdan uchish — 18:00, Farg‘onaga yetib borish — 23:00.

Navoiy–Moskva (Vnukovo)–Nukus HY9617/9626 reyslari:

  • Navoiydan uchish — 17:00, Moskva (Vnukovo)ga yetib borish — 19:10;
  • Moskva (Vnukovo)dan uchish — 20:30, Nukusga yetib borish — 02:00 (12-dekabr).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda tuman va havo sifatining yomonlashish sababi tushuntirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing