Dam oliş kunlari qanday ob-havo bölişi aytildi

Bu qiziq

−

image

Dam oliş kunlari respublikaning katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi, faqat ertaga, 21 noyabr kuni Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlarida, joriy yilning 22 noyabr kuni respublika şimoliy hududlarining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun, 20 noyabr kuni kunduzi havo asosan yoğingarçiliksiz böladi, faqat kunning ikkinçi yarmida Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati 20-25 daraja iliq atrofida böladi.

Havo harorati dam oliş kunlari keçalari 9-14 daraja iliqni taşkil etadi, kunduz kunlari esa asta-sekin 20-25 daraja iliqqaça kötariladi.

Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. 21 noyabrda respublikaning ayrim toğli hududlarida ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.

Şuningdek, Toşkentda yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati keçalari 11-13 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida böladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing