Bugun ham Isroil 170 nafar falastinlikni o‘ldirdi
Olam
−
23 mart 2024 7118 1 daqiqa
Bugun, 23 mart kuni Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi shifoxonaga hujumi oqibatida 170 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar berdi.
Isroil rasmiylarining iddaosicha, mudofaa kuchlari va Shin Bet xavfsizlik otryadlari tinch aholi, bemorlar, tibbiy guruhlar va tibbiy asbob-uskunalarga zarar yetkazmagan holda jang qilyapti.
"Saxal harbiylari 170 nafar falastinlikni o‘ldirdi va 800 dan ortiq "shubhali" tinch aholi vakillari hibsga olinib, tergovga olib ketildi", deyiladi xabarda.
Ko‘plab mamlakatlarning keskin qoralashiga qaramay, Isroil rahbariyati "Ash-Shifo" shifoxonasidagi reydlarini davom ettiryapti. Ularning takrorlashicha, ushbu hududda ko‘plab "terrorchi"lar yashiringan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr