Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Bu futbol, hamma xato qiladi – Shomurodov

Sport

image

“Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Atletik”ga qarshi Yevropa ligasi nimchorak final javob uchrashuvidan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“80 daqiqa 10 kishi bo‘lib o‘ynash juda qiyin. “Atletik” kuchli jamoa. Biz borimizni berdik, bor kuchimiz bilan harakat qildik. Natija uchun afsusdamiz. Muxlislarga shu yergacha kelib, qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman”, deydi Shomurodov. 

Shuningdek, o‘zbekistonlik hujumchi ushbu o‘yinda qizil kartochkaga loyiq ko‘rilgan Mats Xummels haqida ham fikr bildirdi.

“Bu futbol va unda hamma xato qiladi. Biz Xummels uchun ham oxirigacha kurashdik, biroq birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida gol o‘tkazib yubordik. Bu psixologik jihatdan og‘ir zarba bo‘ldi. Biz  shunda ham oxirigacha kurashdik, afsuski, o‘xshamadi. Endi bor e’tiborni chempionat o‘yinlariga qaratishimizga to‘g‘ri keladi”, deydi hujumchi.

Ma’lumot o‘rnida, Eldor Shomurodov joriy mavsum “Roma” safida barcha musobaqalarda jami 27 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 3 ta assist muallifi bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Shomurodov “Sofascore” tomonidan “Atletik”ga qarshi o‘yinda 6 ballga loyiq ko‘rilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa ligasi Roma Eldor Shomurodov Atletik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing