Bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga qaytardik – Shavkat Mirziyoyev (video)

Jamiyat

−

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab yillarini eslab, o‘sha davrda o‘quvchilar har yili 4-5 oylab paxta yig‘imiga jalb qilinganini aytdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi bugun, 30 sentyabr kuni o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda gapirdi.

“Men 11 yillik maktab attestatini olganman. Lekin 11 yil to‘liq o‘qimaganman. Maktabga borganman, ammo har yili 4–5 oy paxtada bo‘lganman. Shu ma’noda mendan yana bir marta katta islohot nima deb so‘rasangiz, shunday javob bergan bo‘lardim: biz bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga qaytardik. Har bir o‘g‘il-qizning o‘qishini, izlanishini, kamol topishi, katta orzu bilan yashash kerakligini ta’minladik desak, bu ham adolatdan”, deydi Prezident.

Davlat rahbari bolalarning o‘qishi, izlanishi, kamol topishi va katta orzular bilan yashashi uchun sharoit yaratilganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing