Bolalarga zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun koll-markaz ishga tushdi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda 1246 qisqa raqami orqali bolalarga zo‘ravonlik haqida xabar berish mumkin. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bolaga nisbatan zo‘ravonlik, beparvolik yoki uning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlarga guvoh bo‘lganlardan 1246 qisqa raqamli koll-markaziga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi. Bildirilishicha, murojaat qilganlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

  • Quyidagi holatlarda darhol murojaat qilish zarur:
  • Bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik;
  • Beparvolik va shafqatsiz munosabat;
  • Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlar.

Hozirda 1246 qisqa raqamli koll-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 36 yoshli ota 9 yoshli qizini jazolash maqsadida qiynab, uning og‘ziga majburlab hayvon tezagini solgani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etish joiz, oldinroq O‘zbekistonda bolalarga zo‘ravonlik qilan pedagoglar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1 yil ishlay olmasligi belgilangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing