“Barselona” va “Chelsi”ning sobiq yulduzi faoliyatini yakunladi
Sport
−
17:58 473 1 daqiqa
Ispaniyalik futbolchi Pedro Rodriges futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda u haqda o‘zining Insstagram sahifasida e’lon qildi.
“Menimcha, bu oldinga qadam tashlab, hayotimda yangi bobni boshlash uchun eng yaxshi fursat. Orzuimni amalga oshirganimdan va doimo yonimda bo‘lgan, uni ro‘yobga chiqarishimga yordam bergan barcha insonlardan faxrlanaman. Meni shunchalik baxtli qilganing uchun rahmat, futbol”, deb yozdi Rodriges.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Pedro “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2009-2015 yillarda kataloniyaliklar safida to‘p tepib, uch marta Chempionlar ligasi (2009, 2011, 2015), besh marta Ispaniya chempionati va uch marta Ispaniya Kubogida g‘olib chiqqan.
Futbolchi, shuningdek, Italiyaning “Roma” va “Latsio”, Angliyaning “Chelsi” klublarida ham o‘ynagan. “Chelsi” bilan Angliya chempionati (2017), Angliya Kubogi (2018) va Yevropa ligasida (2019) g‘olib chiqqan.
Pedro Ispaniya terma jamoasi safida 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U milliy jamoa bilan 2010 yilgi jahon chempionati va 2012 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lgan.
Live
Barchasi